
Mourino hujumchini “Manchester Yunayted” va “Arsenal”ga bermadi!
“Roma” hujumchisi Temmi Abraxamga hujum chizig‘ini kuchaytirishga harakat qilayotgan “Manchester Yunayted” va “Arsenal”dan chorlov bo‘lmoqda, deb xabar tarqatdi Corriere dello Sport nashri.
Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino angliyalik futbolchini jamoada qolishini ta’kidlamoqda. Klubga egalik qiluvchi Fridkinlar oilasi ham portugaliyalik mutaxassisga bu yozda Abraxamni hech qanday mablag‘ evaziga sotmaslikni va’da qilgan.
Abraxam yakunlangan mavsumda 52 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 26 marotaba ishg‘ol qildi va “bo‘rilar”ning eng zo‘r to‘purari bo‘ldi.
Temmini tarbiyalagan “Chelsi”da hujumchini 2023 yili 80 million evro evaziga ortga qaytarish huquqi bor. Agar 24 yoshli to‘purar kelasi mavsum ham yuqori saviyada o‘ynasa, katta ehtimol bilan Angliya klublariga o‘tib ketadi.
Fikrlar