Mourino: Birinchi shu futbochini olamiz!

  • 1 oktabr, 2021, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino transferlar vaqtida birinchi bo‘lib qaysi futbolchiga e’tibor qaratilishini ma’lum qildi.

Portugaliyalik mutaxassis yarim himoya va himoyani mustahkamlashni maqsad qilgan. Shu bois, Mourino asosiy nishon sifatida “Tottenxem” yarim himoyachisi Tangi Ndombeleni belgiladi.

Joze o‘tgan mavsumda londonliklarni boshqargani uchun frantsiyalik futbolchining imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. Ndombele “Tottenxem” tarixidagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Shunga qaramay, u Londonni tark etishga tayyor.

“Tottenxem” 24 yoshli futbolchini 50 million evroga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!