
Mourino Barselonaga keldi. Yangilik bormi?
“Roma”dan iste’foga chiqarilgan Joze Mourino qaysi jamoada faoliyat yuritishi ko‘pchilikni qiziqtirib kelmoqda.
Ayni paytda portugaliyalik mutaxassis xizmatiga Italiyaning “Napoli” va Saudiya Arabistonining “Ash-Shabab” jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Da’vogarlar safida “Barselona” ham bor. Kataloniyaliklar hozirgi bosh murabbiy Xavi Ernandes ishdan olinadigan bo‘lsa, o‘rniga Mourinoni taklif etishi mumkinligi haqida xabarlar ko‘payib bormoqda.
El Chiringuito TV o‘z ijtimoiy tarmoqlarida Mourinoning Barselonaga kelganini ma’lum qildi. Joze aeroportda qaysi jamoani tanlashi va “Barselona”ni qabul qilish imkoni haqida so‘ralgan savollarga aniq javob bermagan.
Biroq, Mourinoning Barselonaga kelgani muxlislar orasida turli muhokamalarni keltirib chiqaryapti.
Fikrlar
Бу ифлос Узбек лидерини синдирди.