Mourino Angliyadan o‘yinchi chaqiryapti

  • 29 noyabr, 2022, 22:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” qishki transferlar vaqtida bir necha pozitsiyani mustahkamlashni rejalashtirgan. Yaqinda “Budyo-Glimt”dagi faoliyatini yakunlagan hujumchi Ola Solbakken rimliklar bilan shartnoma imzolagan edi.

Tecno

Joze Mourino endi himoya chizig‘iga o‘yinchi olmoqchi. Bu ko‘p jihatdan asosiy himoyachilardan hisoblangan Rik Karsdorp bilan yuzaga kelgan kelishmovchilikka bog‘liq.

Portugaliyalik bosh murabbiy niderlandiyalik futbolchi o‘rniga “Lester”ning turkiyalik o‘yinchisi Chag‘lar Suyunjuni olib kelmoqchi.

Rimliklarga bu markaziy himoyachining texnik tayyorgarligi, jismoniy ko‘rsatkichlari va maoshining pastligi ma’qul kelgan.

Mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan futbolchi “Lester” klubidan 2 million evroga etmagan maosh oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!