
Mourino Abraxamdan mamnun. Shomurodovga yanada qiyin bo‘ladigan ko‘rinadi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Sassuolo"ga (1:1) qarshi o‘yinda Temmi Abraxamning o‘yinidan mamnun bo‘lganligini bildirdi.
Angliyalik hujumchi Italiya chempionatidagi golsiz seriyasini to‘xtatib, kechagi bahsda rimliklarning goliga mualliflik qildi.
"Men Temmidan oldin nega bugungidek kayfiyatda o‘ynamaganini so‘radim. "Sassuolo"ga qarshi o‘yinda u nafaqat gol urdi, balki yakka kurashlarda ham g‘alaba qozondi. U maydonga tushgan zahoti raqiblarning ishini har tomonlama qiyinlashtirdi, o‘zi uchun ochiq maydon yaratdi, ochildi va gol urdi”, - dedi Mourino o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Temmi Abraxam "Sassuolo"ga qarshi bahsda Eldor Shomurodovning o‘rniga zaxiradin tushib, 80-daqiqada "Roma"ning goliga mualliflik qildi. U A Seriyaning joriy mavsumida atigi uchta gol urgan.
Fikrlar