
Mourino, Sulsher, Moyes va Lempard. Kim g‘olib bo‘ladi?
Angliya Premer ligasining noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi.
Bosh sovringa Frenk Lempard ("Chelsi", 2 ta g‘alaba, 1 ta durang), Joze Mourino ("Tottenxem", 3 ta g‘alaba va 1 ta durang), Ole-Gunnar Sulsher ("Manchester Yunayted", 3 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat) va Devid Moyes ("Vest Xem", 3 ta g‘alaba) da’vogarlik qilmoqda.
Oktyabr oyida "Vulverxempton" ustozi Nunu Eshpiritu Santu APLning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgandi.
Fikrlar