
Modrich "Real"ga kerakmi?
2018 yilning "Oltin to‘p" sohibi "Real" Madrid va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrichning kelasi mavsumda qaysi jamoada ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.
"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zineddin Zidan yangi mavsumda jamoada ko‘plab o‘zgarish qilishi aniq. Bu borada ispan nashrlarining tarqatgan xabarlariga ko‘ra frantsiyalik mutaxassis Lukaning "Real"da qolishi qanchalik foydali ekani haqida aniq gap ayta olmayapti. Futbolchining o‘zi esa jamoani tark etmoqchi emas.
O‘tgan mavsum yozida Modrichni "Inter" sotib olishga uringan edi. Vaziyat rostan ham shunday noma’lum qoladigan bo‘lsa, yozgi transferda Modrich jamoasini o‘zgartirishi ehtimoli ham yo‘q emas.
Fikrlar