
MMA jangchisi o‘qotar qurol bilan qo‘lga olindi
Aralash yakkakurash ustasi Mixail Allaxverdyan (9-2) Moskvada qo‘lga olindi. Bu haqda "Sport Baza" telegram kanali xabar bermoqda.
Voqea 5 mayga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Allohverdyanning mashinasi yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan, ko‘zdan kechirish chog‘ida sportchining sumkasidan qo‘lbola to‘pponcha topilgan.
Mixailning so‘zlariga ko‘ra, u qurolni topib olgan va uni politsiyaga topshirmoqchi bo‘lgan.
To‘pponcha ekspertiza uchun yuborilib, jangchi jinoiy javobgarlikka tortildi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Mixail Allahverdyan professional debyutini 2013 yilda o‘tkazib, hozirga qadar "Brave", RCC, ACA va "AMC Fight Night" kabi promoushenlarda ishtirok etgan.
Fikrlar