
MMA bo‘yicha O‘zbekiston chempionati qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi!
O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi tomonidan havaskorlar o‘rtasidagi joriy yilgi mamlakat chempionatining sanasi ma’lum bo‘ldi.
18-20 yosh va kattalar o‘rtasida tashkil etiluvchi O‘zbekiston chempionati 1-4 mart kunlari Andijon shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur chempionat o‘ziga xos saralash vazifasini ham bajarib, g‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston terma jamoasi safida nufuzli turnirlarda ishtirok etish imkoniyatini ham qo‘lga kiritadi.
Fikrlar