
MLS prezidenti Ibragimovichning qaysi jamoaga o‘tishini aytdi
MLS prezidenti Don Garber "Los-Andjeles Gelaksi" forvardi Zlatan Ibragimovich yana "Milan"ga qaytishini aytdi.
“U bilan zerikmaysiz. Zlatan – qiziqarli shaxs. Bizna aynan shunday yigitlar kerak. So‘nggi ikki yil ichida u deyarli gollar bilan bog‘liq barcha rekordlarni yangiladi. Uni maydonda ham, maydondan tashqarida ham kuzatib borish qiziq. U sizni aslo zeriktirib qo‘ymaydi va shu bois men ham uning yana ortga qaytishini xohlardim. Ammo, buning barchasi “Gelaksi” bilan bog‘liq. Bilishimcha u dunyoning eng kuchli klublaridan biri hisoblangan “Milan”ga ketadi”, - deydi Garber.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli shvetsiyalik futbolchining "Los-Andjeles Gelaksi" klubi bilan amaldagi shartnomasi dekabr oyida o‘z nihoyasiga etadi va shundan so‘ng u erkin agent istagan jamoasiga ketishi mumkin.
Ibragimovich 2010-2012 yillarda “Milan”da to‘p surgan va 85 ta o‘yinda maydonga tushib, 56 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar