MLS kubogi finali bo‘lib o‘tdi

  • 11 noyabr, 2019, 18:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sietl" klubi o‘z tarixida ikkinchi bor MLS kubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa finalda "Toronto" klubini mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Uchrashuv Sietl shahridagi "SenturyLink Field" arenasida bo‘lib o‘tdi. "Sietl Saunders" finalda "Toronti" klubini 3:1 hisobida dog‘da qoldirdi.

Chempionlikni tantana qilgan klub finalgacha "Dallas" (4:3, qo‘shimcha bo‘limlarda), "Real Solt Leyk" (2:0) va "Los-Anjeles" (3:1) jamoalarini mag‘lub etgan edi.

Ma’lumot uchun, "Sietl" klubiga Brayan Shmettser bosh murabbiylik qiladi. Jamoa tarkibida Nikolas Lodeyro, Raul Ruidias va Roman Torres kabi futbolchilar harakat qilishadi. Ushbu futbolchilar Urugvay, Peru va Panama terma jamoalaridagi o‘yinlari bilan mashxurdirlar.

"Sietl Saunders" – "Toronto" 3:1 (0:0, 3:1)

"SenturyLink Field"

Gollar: 1:0 – 57 Lerdam, 2:0 – 76 Rodriges, 3:0 – 90 Ruidias, 3:1 – 90 Altidor.

"Sietl Saunders" – Fray, Kim Ki Xi, Torres, Lerdam, Djons, Lodeyro, Svensson, Roldan, Smit (Rodriges, 61), Ruidias (Arreaga, 90), Morris (Delem, 85).

"Toronto" – Uestberg, Auro, Morrou, Mavinga, Gonsales, Delgado, Osorio (Larayya, 77), Posuelo, Bredli, Beneze (Altidor, 68), Endo (Deleon, 62).

Ogohlantirishlar: Posuelo (72), Ruidias (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!