
MLS futbolchilarining maoshlari teng yarmiga qisqarishi mumkin
MLS rahbariyati va futbolchilar assotsiatsiyasi bilan birgalikda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan moliyaviy zararlarni engillashtirish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda.
Payshanba kungi muzokaralar chog‘ida liga rahbariyati futbolchilarning maoshlarini 50 foizga qisqaritish taklifini bildirgan. Biroq bu faqatgina mavsum bekor qilinganida kuchga kirishi mumkin.
Ya’ni agar chempionatnig joriy mavsumida futbolchilar boshqa maydonga tushishmasa, unda ular shartnomada ko‘rsatilgan pullarning yarmini qo‘lga kiritishadi.
Agar barchasi mavsumni barvaqt tugatish bilan yakunlanadigan bo‘lsa, unda liga klublari 150 million dollarni tejab qolishadi.
Fikrlar