Mirjalol Qosimov: "OChL havosi baribir boshqacha, jamoamiz ertaga maydonga faqat g‘alaba uchun tushadi"

  • 14 avgust, 2023, 19:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi, dastlabki saralash bosqichi OKMK – “Al-Sib”  uchrashuvidan oldin jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va futbolchimiz Sanjar Tursunov matbuot anjumanida qatnashdi

Tecno

Bo‘lajak o‘yin haqida

Mirjalol Qosimov: Uzoq kutilgan kun etib keldi. O‘tgan mavsumdagi qayd etgan natijalarimizdan kelib chiqib, ushbu bosqichda ishtirok etmoqdamiz. OChL havosi baribir boshqacha. Ertangi bo‘lajak uchrashuvga tayyormiz. Yagona maqsadimiz – keyingi bosqichga chiqib, guruh bosqichiga yo‘llanmani olish.

Sanjar Tursunov: Ertaga olmaliqlik muhlislarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishga harakat qilamiz.

Matbuot anjumanlarning birida biz faqat keyingi raqib haqida o‘ylaymiz degansiz.  «Olimpik»ga qarshi o‘yin yakunlanganiga ko‘p bo‘lmadi. Ketma-ket o‘yinlar mobaynida saralashdagi bo‘lajak raqib etarlicha o‘rganildimi?

Mirjalol Qosimov: Ha, shunday deganman. Chunki tayyorlanish jarayonida o‘yindan-o‘yinga sakrab bo‘lmaydi. Lekin bu ham miyaning bir chetida turadi. Raqib etarlicha o‘rganildi. Raqib jamoa yaxshi himoyalanish xususiyatiga ega. Shu o‘rinda tez hujumga ham o‘ta oladi. Jamoa so‘nggi daqiqalarda gol urib, ohirigacha kurasha olishini ham inobatga olish kerak. Yigitlarimga ishonaman.

OKMK Superliga bahslarida ko‘plab o‘yinlarda darvozasidan ko‘p to‘p olib chiqmoqda. Bu sizni xavotirlanishga olib kelmaydimi?

Mirjalol Qosimov: G‘alaba omadga ham bog‘liq. OKMK quvnoq o‘yin namoyish etadi. O‘yinlarimizni kuzatsangiz, o‘zi ham o‘ynab hamda raqibga ham imkon beradi. Ertangi o‘yin bitta uchrashuvdan iborat. Guruh o‘yinlari bo‘lganda ham mayli edi. Jamoamiz ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga tushadi.

Sanjar Tursunovga savol.

Yangi ta’mirdan chiqqan maydon holatini qanday baholaysiz?

Sanjar Tursunov: O‘ylashimcha, maydon holati O‘zbekistondagi eng yaxshisi.

Mirjalol Qosimov: Klub rahbariyatiga barcha yaratilgan shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik bildiramiz. Nasib qilsa, bu maydonda ham O‘zbekiston terma jamoasi o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi.

OKMK matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
jamolidin
14/08/2023 21:13
ahmoqona
Шухрат Хусаинов
14/08/2023 20:05
Олга Агмк