Mirjalol Qosimov alamli mag‘lubiyatning asosiy sababi haqida gapirdi

  • 28 aprel, 21:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Bunyodkor"ga uchralgan alamli mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari o‘rtoqlashib, o‘yin haqida muvaffaqiyatsizlikning asosiy sababi haqida gapirdi .

"Bunyodkor" jamoasi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Avvalambor, biz mag‘lubiyatga uchrashga loyiq emas edik. Birinchi bo‘limda esa jamoamiz yaxshi harakat qila olmadi. Shu bilan birga, "Bunyodkor" o‘yin davomida juda tartibli o‘ynab, g‘alabani qo‘lga kiritdi. Biz ikkinchi bo‘limda o‘yin nazoratini olgan bo‘lishimizga qaramasdan, muvaffaqiyatga erisha olmadik. 
 
Tartibli jamoaga qarshi nega qiynalmoqdasiz? 
 
Asosan, hujumcha o‘tayotganimizda himoyamiz ochilib qolmoqda. Garchi vaziyatlar yaratayotgan bo‘lsak ham hujumda zarbalar etishmayapti. Bundan tashqari, ta’kidlaganimdek raqib jamoa himoyada juda yaxshi harakat qildi. Shuningdek, ob-havo ham qisman ta’sir qildi deyish mumkin. Sababi, juda dim havo guvohi bo‘ldik. 
 
Darvozabonga o‘rinbosar olib kelinadimi? 
 
Albatta, hozirgi kunda raqobat bo‘lishi kerak. Lekin, hali hech qanday futbolchini ko‘zlaganimiz yo‘q. 
 
Jamoa 2 ta chiroyli g‘alabadan so‘ng bugun nega bunday harakat qildi? 
 

To‘g‘risi, bilmadim "Nasaf"ga qarshi muhim g‘alabadan so‘ng jamoa qandaydir bo‘shashgan bo‘lishi mumkin. Axir, men ularning miyyasiga kirib chiqa olmayman. 
 
Ikkinchi bo‘limdagi o‘zgarishlar haqida? 
 
3 ta himoyachi bilan o‘ynagan o‘yinlarimizda juda yaxshi harakat qilgan edik. Lekin biz o‘yin tempidan kelib chiqqan holda, sxemani o‘zgartirdik. 
 
Bugungi bellashuvdan so‘ng nimadan asosan saboq oldingiz va bo‘lajak uchrashuvda qanday o‘zgarish bo‘lish mumkin? 
 
Faqatgina biz ozuqa oldik, xolos. Kelasi uchrashuvda esa qandaydir rotatsiyalarga yo‘l qo‘yishimiz mumkin. 
 
"Nasaf"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng futbolchilarning holati haqida gapirdingiz, shu haqida batafsilroq aytsangiz? 
 
O‘sha g‘alabadan so‘ng futbolchilar dam oldi, lekin keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlash kerak edi. Xulosa, qilib aytadigan bo‘lsam - bu uchrashuvdan to‘g‘ri qaror chiqazib, keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishdir" " - deya ta’rif berib o‘tdi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!