Minskda erkin kurashchilarimiz sovrindor bo‘lmoqda

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Belarus poytaxti Minsk shahrida uch karra Olimpiada chempioni Aleksandr Medved sovrini uchun erkin kurash bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turnirda mamlakat terma jamoamiz a’zolari ham ishtirok etmoqda. Bugun, kurashchilarimiz uchun bir muncha omadli keldi desak bo‘ladi. Sababi, avval xabar berib o‘tganimizdek, 74 kg da Bekzod abduraxmonov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 57 kgda Jahongirmirzo Turabov hamda 86 kgda Jabroil shapiev kumush medalni qo‘lga kiritdi. 125 kgda gilamga chiqayotgan yurtdoshimiz xasan raximov ham bugun finalga qadar etib keldi. U ertaga turnir g‘olibligi uchun harakat qilib ko‘radi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!