Mino Rayola va Xolandning otasi Barselonaga etib keldi

  • 1 aprel, 2021, 17:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund klubi hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Inge va agenti Mino Rayola ayni damda Barselonada bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda Ispaniyaning "Sport" nashri. Nashrning ma’lum qilishicha, ularni Barselona markaziy aeroportida Joan Laportaning eng yaqin yordamchisi kutib olgan. 

Tecno

Ushbu shartnoma masalasidagi ilk muzokaralar boshlanib ketganligi xususida ham axborot berilmoqda. Mino Rayolaning "Barselona" bilan yaxshi aloqalarga ega ekanini inobatga olgan holda, ushbu transferning amalga oshish ehtimoli mavjudligini ta’kidlab o‘tish zarur. 

Ammo koronavirus pandemiyasi yuzaga keltirgan moliyaviy qiyin ahvolda "ko‘k-anorranglilar" norvegiyalik futbolchi uchun talab etilayotgan katta miqdordagi pulni to‘lab bera olmasligi mumkin. 

Erlingning "arilar" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. 20 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol va 8 ta assist amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!