Milosh Raonichning raqibi uchrashuvga kelmadi
Florida shtatining Mayami shahrida Professional tennischilar uyushmasi tomonidan "Masters" musobaqasining ikkinchi bosqich uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Unda kanadalik tennischi Milosh Raonich germaniyalik Maksimilian Marterer bilan kuch sinashishi kerak edi. Biroq Marterer noma’lum sababga ko‘ra, kortga chiqmadi.
Shu tariqa Raonich "Miami Open" turnirining uchinchi davrasida belaruslik Ilya Ivashka, yoki britaniyalik Kayl Edmundga qarshi o‘yin o‘tkazadi.



Fikrlar