
Milner: "Liverpul" chempionlik uchun oxiriga qadar kurashadi"
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner APL chempionligi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Takror aytaman, hammasi o‘z qo‘limizda. Biz oxiriga qadar kurashamiz. Kelgusi turlarda "Tottenxem" va "Chelsi"ga qarshi muhim o‘yinlarimiz bor. Shuningdek, boshqa jamoalar ham bizdan ochko tortib olish uchun harakat qilmoqda. "Manchester Siti"da etarlicha bosim bor. Bu esa bizga imkoniyat taqdim qiladi deb o‘ylayman. "Liverpul"ga kelganimdan buyon birorta sovringa ega chiqishni rejalashtiraman. Bunga biz bu yil erishish uchun kurashamiz", - deydi Milner The Sun nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar