Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasining rahbari o‘zgardi

CHERY AUTO

Bugun MOQda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov, MOQ vitse-prezidentlari Aziz Kamilov hamda Saken Polatov, shuningdek, sport jamoatchiligi ishtirok etdi. Konferentsiyada kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala assotsiatsiyaning amaldagi raisi Ulug‘bek Mirhaydarovning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha yozgan arizasini ko‘rib chiqish va uning o‘rniga yangi rahbar saylash bo‘ldi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. 

Tecno

Yig‘ilish davomida dastlab U.Mirhaydarov arizasi ko‘rib chiqildi. Konferentsiya ishtirokchilari bir ovozdan uning iste’fosini qabul qilishdi. Shundan so‘ng MOQ vitse-prezidenti Aziz Kamilov so‘zga chiqib, assotsiatsiya rahbarligi uchun shu paytgacha O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtorxon Maxsudovich Tashxodjaev nomzodini ilgari surdi va yig‘ilganlarga nomzod haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Ovoz berish jarayonida barcha bir ovozdan yangi nomzodni ma’qulladi va Muxtorxon Tashxodjaev O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasiga yangi rahbar etib saylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!