
Millatlar ligasi. Ispaniya so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Millatlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan Chexiya - Ispaniya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Chexlar safida Peshek hamda Kuxta gol urgan bo‘lsa, "qizil furiya" tarkibidan Gavi hamda Martines o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Luis Enrike shogirdlari 2 turdan so‘ng 2 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar