
Millatlar ligasi. Belgiya Levandovski boshchiligidagi Polshani er tishlatdi
Millatlar ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Belgiya - Polsha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar yirik 6:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Maydon egalari safida Trossard dubl qayd etdi. Shuningdek, Vitsel, De Bryuyne, Dendonker hamda Openda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Polyaklarning yagona goliga Levandovski mualliflik qildi.
Shu tariqa, Belgiya g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 3 ta qilib oldi va "D" guruhida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Fikrlar