"Milan" Zlatan bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 7 dekabr, 2020, 14:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubi sport direktori Frederik Massara jamoaning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibragimovich bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha qanday ishlar ketayotgani haqida gapirdi.

Tecno

“Klub hanuzgacha Ibragimovich bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni boshlamagan. Zlatan bunga tayyor bo‘ladigan eng maqbul paytni kutyapmiz.

Ibra "Milan"da qolishni istayotganini allaqachon isbotlagan. Klub ham unga ko‘p narsani beradi. Kelgusida hamkorlik qilishga umid qilamiz”, - dedi Massara.

39 yoshli Ibragimovich joriy mavsum A Seriyada 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 10 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!