
"Milan" Vlaxovich bilan muzokaralarni olib bormoqda
"Milan" "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovichni sotib olish fikridan qaytgani yo‘q.
"Keksa sinora" futbolchini yozda sotishga umid qilmoqda. "Rossonerilar" serbiyalik uchun uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, milanliklar yaqinda 25 yoshli forvardning atrofidagilar bilan yana bog‘lanib, kelishuv shartlarini muhokama qilishgan. Asosiy muammo futbolchining maoshi bo‘lib qolmoqda. "Milan" jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Dushan Vlahovichni juda yaxshi biladi. Ikkisi Turinda birga ishlagan.
Esltib o‘tamiz, Vlahovichning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi.
Fikrlar