
"Milan" Piolini ishdan bo‘shatmoqchi, rahbariyat uning ishidan qoniqmayapti
"Milan" klubi bosh murabbiy Stefano Piolini iste’foga chiqarmoqchi. Rahbariyat mutaxassisning natijalari va jarohatlar ko‘payib ketayotganidan norozi.
Kecha "Salernitana" bilan durang qayd etilgandan so‘ng jarayon yanada tezlashib ketgan. "La Gazzetta dello Sport" nashrining ma’lum qilishicha, klub rahbarlari qoniqarsiz natijalarga murabbiylar shtabi aybdor, deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pioli "Milan"ga 2019 yil oktyabr oyidan beri murabbiylik qilib kelmoqda. Ayni vaqtda "rossonerilar" A Seriyada 3-o‘rinda ketmoqda va jamoa etakchi "Inter"dan 8 ochko ortda qolmoqda.
Fikrlar