
"Milan" Ibragimovichga qanday shartnoma taklif qilmoqda?
“Milan” klubi “Los-Anjeles Gelaksi” bilan shartnomasi yakunlangan va erkin agentga aylangan hujumchi Zlatan Ibragimovichni yana ortga qaytarish masalasida ishlarni davom ettirmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha “rossonerilar” 38 yoshli shvetsiyalik futbolchiga 6 oylik shartnoma taklif qilmoqda. Ta’kidlash kerakki, ushbu kelishuv keyinchalik yana 1 yilga uzaytirilishi mumkin. Zlatan ushbu 18 oy davomida jami 6 mln evro maosh olishi mumkin.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Ibragimovich ushbu taklifdan so‘ng “Milan” sport direktori Zvonomir Boban bilan gaplashgan va yakuniy qarorga kelish uchun 1-2 hafta muddat so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” Ibragimovich uchun begona emas. Boisi, u 2010-2012 yillarda “rossonerilar” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar