
"Milan" Donnarummanining narxini e’lon qildi
Italiyaning "Milan" klubi o‘zining iste’dodli darvozaboni Janluiji Donnarummani jamoada olib qolmoqchi.
Biroq, agar qaysidir jamoa 20 yoshli italiyalik posbon uchun 60 mln evrodan ko‘proq mablag‘ taklif qilsa, bu “rossonerilar” rahbariyatining fikrini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Donnarumma joriy mavsum “Milan” safida jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 24ta gol o‘tkazib yubordi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar