
"Milan" bosh murabbiyi: "Barcha natija uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olaman"
Italiyaning "Milan" klubi bosh murabbiyi Paulo Fonseka "Napoli" bilan o‘yin haqida gapirib o‘tdi.
"Men doim maydonda sodir bo‘layotgan voqealar uchun javobgarman. Buni o‘z zimmamga olaman. "Napoli"dek grand jamoalarga qarshi o‘yinda bir zum ham e’tiborni chalg‘itish yomon oqibatlarga olib keladi. Buni afsuski, bugun ko‘rib turibmiz.
Umuman olganda o‘yinga qarasangiz, raqib gol urdi. Ammo o‘yinni biz nazorat qildik. Biz yomon startga qarshi yaxshigina javob qaytara oldik. Ijobiy, sifatli futbol o‘ynadik va ko‘plab golli vaziyatlar yaratdik.
O‘z jarima maydonchasi yaqinida chuqur himoyalanadigan "Napoli"ga qarshi harakat qilish oson emas edi", - dedi "Milan" bosh murabbiyi Paulo Fonseka "DAZN" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar