"Milan" Belgiya chempionatidan futbolchi olmoqchi

  • 14 oktabr, 2024, 16:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Milan" jamoasi Belgiya chempionati vakili "Bryugge" klubidan yosh iqtidor sohibi Maksim de Kyuperga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"Tuttosport" nashrining xabariga ko‘ra, "rossonerilar"ning texnik direktori Joffre Monkada 23 yoshli belgiyalik himoyachining Italiyaga qarshi kechgan Millatlar ligasi doirasidagi o‘yinini batafsil kuzatgan.

Tecno

Italiya klubi raxbariyati futbolchini Teo Ernandesga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Hozircha milanliklar frantsiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishmagan. Shu sababli uning o‘rni uchun muqobil variantlar ustida ish olib bormoqda.

Ta’kidlanishicha, de Kyuper uchun "Bryugge" kamida 20 million evro so‘raydi. Ammo 23 yoshli fulbekning bu o‘yinlari orqali mazkur summa tez orada oshishi ham mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!