
"Milan" "Barselona"ga ikki tomon uchun foydali bo‘lgan taklif yubordi
Dani Olmo vaqtincha "Milan"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda "Corriere della Sera" nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Milan klubi yarim himoyachiga olti oylik shartnoma taklif qilgan. Shartnomaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi iyul oyida "Barselona"ga qaytishi mumkin. Qayd etilishicha, bunday qaror "Milan"ga jamoani vaqtincha kuchaytirishga, "Barselona"ga esa qiyin vaziyatdan chiqish yo‘lini topishga imkon beradi.
Bu mavsumda Olmo La Ligada 11 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan. 26 yoshli futbolchining to‘liq statistikasi bilan bu erda tanishish mumkin.
Fikrlar