
"Milan" 27 o‘yindan buyon yutqazmayapti. "Yuve"ga qarshi bahsga 2 kun qoldi
"Milan" Italiya A Seriyasining 15-turidan o‘rin olgan "Benevento"ga (2:0) qarshi bahsning 33-daqiqasida 1 kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, g‘alabaga erishdi.
Stefano Pioli shogirdlari o‘tgan mavsumni qo‘shib hisoblaganda A Seriyada 27 ta bellashuvdan beri mag‘lubiyatga uchramayapti.
Ushbu uchrashuvlarda milanliklar 20 ta g‘alaba va 7 ta durang qayd etdi.
So‘nggi bor, "Milan" A Seriyada 8 mart kuni "Jenoa"ga (1:2) yutqazib qo‘ygan.
Keyingi turda jamoa "San-Siro"da "Yuventus"ni kutib oladi. Ushbu bahs 6 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
"Inter"ni 1 ochkoga ortda qoldirayotgan "qizil-qoralar" turnir jadvalida etakchilik qilmoqda. "Yuventus" esa, birinchi o‘rindagi klubdan 13 ochko kam jamg‘argan va zahirada bitta bellashuv bor.
Fikrlar