"Milan" 2 nafar futbolchisini tekinga qo‘yib yubormoqchi

  • 14 aprel, 2020, 15:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubi rahbariyati mavsum yakunlangach 2 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” Lukas Bilya va Jakomo Bonaventura bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni xohlashmayapti. Aytish kerakki, ushbu futbolchilarning amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois ular jamoani erkin agent sifatida tark etishlariga to‘g‘ri keladi.

Bonaventura “Milan” safida 2014 yildan buyon, Bilya esa 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!