
Meyson Grinvud: Reshforddan o‘rnak olmoqchiman
"Manchester Yunayted" hujumchisi Meyson Grinvud jamoadoshi Markus Reshford haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Markusni nafaqat do‘st, balki yaxshi o‘rnak bo‘lishi mumkin bo‘lgan tajribali futbolchi deb bilaman. Biz bir birimizni ancha vaqtdan buyon yaxshi taniymiz.
U mendan bir necha yoshga kattaroq, biroq Resh akademiyadan to hozirgacha bosib o‘tgan yo‘li va erishgan yutuqlaridan ilhom olishim mumkin", - deydi Grinvud.
Eslatib o‘tamiz, Meyson Grinvud joriy mavsumda mankunianliklar safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib 4 ta gol kiritishni uddaladi.
Fikrlar