
Mexdi Taremi uchun Evropaning ikki grandi kurashmoqda
"Portu" hujumchisi Mehdi Taremi Evropaning ikki top-klubi manfaatlari doirasida. "Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, eronlik forvardni "Real" va "Manchester Yunayted" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
31 yoshli futbolchi uchun kurashda ingliz grandi etakchilik qilmoqda. Katta ehtimol bilan qishki transferlar oynasida Taremi "qizil iblislar" safiga borib qo‘shiladi. Uning narxi 10 million evroni tashkil qiladi.
Eronlik futbolchi Portugaliya klubida 2020 yilning yozidan buyon o‘ynamoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yil yakuniga etadi.
Fikrlar