
Messisiz o‘ynagan "Inter Mayami" ochko yo‘qotdi
MLS doirasidagi o‘yinda "Inter Mayami" o‘z maydonida "Nyu-York Siti"ni qabul qildi. Mazkur bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
Luis Suares 14-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 34-daqiqada Alonso Martines muvozanatni tikladi.
Ayni damda mayamiliklar MLS turnir jadvalida 11 ochko bilan 2-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar