Messining rekordini yangilagan iqtidor egasining xayrlashuv marosimi "Kamp Nou"da bo‘ladi

  • 23 mart, 2023, 16:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" klubi sobiq futbolchisi Boyan Krkich futbolchilik faoliyatini yakunladi. Ayni vaqtda klub ofisida uning xayrlashuv marosimiga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. 

Krkich 2006 va 2011 yillar oralig‘ida "Barselona"da faoliyat olib borgan va 104 uchrashuvda 26 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng u "Roma", "Milan", "Ayaks", "Stok Siti", "Maynts", "Alaves", "Monreal" hamda "Vissel Kobe" klublari sharafini himoya qildi. 

Qayd etish lozim, Krkich endigina 32 yoshda edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!