
Messining oldida faqatgina Xavi qoldi
"Barselona" forvardi Lionel Messi La Liganing 17-turidan o‘rin olgan "Ueska"ga (1:0) bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Ushbu bellashuv argentinalik futbolchi uchun "Barselona"dagi rasmiy 750-o‘yini bo‘lsa, La Ligadagi 500-bahs bo‘ldi.
Messiga Kataloniya klubi safida Ispaniya chempionatida maydonga tushish borasida Xaviga etib olishiga sanoqli bahslar qoldi. 1998-2015 yillar davomida"Barsa"da 767 ta uchrashuv o‘tkazgan yarim himoyachi La Ligada 505 ta bellashuvda o‘ynagan.
"Ko‘k-anorranglilar" safida 644 ta gol urgan Messi klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Forvard 2004 yilda "Barselona"da 17 yoshida debyut qilgan.
Shu qatorda, 33 yoshli futbolchi La Ligada 500 ta bahs o‘tkazgan birinchi legionerga aylandi.
Fikrlar