
Messining Marokashga qarshi o‘ynamasligi Argentina futbol assotsiatsiyasini 1 mln evrodan mosuvo qildi
Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messining Marokashga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi mamlakat futbol assotsiatsiyasini qancha daromaddan maxrum etishi ma’lum bo‘ldi.
Actu Foot nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ikki davlat futbol rahbariyati tomonidan imzolangan kelishuvga ko‘ra agar Messi ushbu o‘yinda maydonga tushsa Marokash Argentina futbol assotsiatsiyasiga 1 mln evro bonus to‘lashi lozim edi. Biroq, endi argentinaliklar ushbu mablag‘dan quruq qoladigan bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi kuni kecha Venesuelaga (1:3) qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida kichik jarohat olgan edi.
Fikrlar