
Messining dubli "Barselona"ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (video)
Ispaniya La Ligasining 1-tur qoldirilgan bahsi doirasida “Barselona” o‘z maydonida “Elche”ni qabul qildi.
“Kamp Nou”dagi o‘yin mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni gollarni Lionel Messi (48', 68') va Jordi Alba (73') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar