
Messining advokatiga ish topildi
Dani Alvesh jinsiy zo‘ravonlik ayblovlari tufayli sobiq jamoadoshi va do‘sti Lionel Messining advokatini yolladi. Bir necha kun oldin braziliyalik himoyachi yuqoridagi ayblov bo‘yicha gumonlanib hibsga olingan edi. "Barselona", PSJ va "Yuventus"ning sobiq futbolchisi 4 yildan 12 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
"La Vanguardia" nashri xabariga ko‘ra, Alvesh o‘tmishda Lionel Messi, Karles Puyol va Xosep Bartomeu manfaatlarini himoya qilgan, shuningdek, Neymar transferi bo‘yicha "Barselona"ni himoya qilgan advokat Kristobal Martelni yollagan. Mertel jinoyat huquqi sohasida muvaffaqiyatli advokat hisoblanadi.
Martel futbolchining hozirgi advokati Miraida Puente bilan birga ishlaydi. Hozir ular garov evaziga ozodlikka chiqish huquqidan mahrum etilgan futbolchining hibsga olinishi ustidan apellyatsiya berish ustida ishlamoqda.
39 yoshli himoyachi jinoyatda aybini tan olmadi. U 4 marta o‘z fikrlari orqali qarama-qarshi guvohlik berdi.
Fikrlar