
Messini “Barsa”da kutmanglar!
“Inter Mayami” jamoasi MLSning pley-off bosqichiga chiqa olmasa, Lionel Messi yanvar oyida Evropa klublariga ijaraga berilishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Xususan, ayrim nashrlar argentinalik yulduzning “Barselona”ga o‘tishi haqida ma’lumot tarqatdi.
The Athletic nashri 36 yoshli Messining ijaraga berilishi haqidagi barcha ma’lumotlar asossiz ekanini ta’kidladi.
Lionel Messi yozda “Inter Mayami” klubi bilan 2025 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzolagan. Shu paytga qadar 12 ta uchrashuvda qatnashgan jahon chempioni o‘z hisobiga 11 ta gol va beshta assist rasmiylashtirdi.
Fikrlar