
Messiga dam berish kerakmi?
“Barselona” bosh murabbiyi Kike Seten “Valyadolid”ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng jamoa sardori Lionel Messiga dam berish kerakmi degan savolga javob berdi.
“Albatta. Messiga tanaffus kerak, ammo bugun buning imkoni bo‘lmadi. Ehtimol, birinchi bo‘limda ko‘proq gol urganimizda, ayrim futbolchilarga dam berishim mumkin edi. Jamoa charchadi. Ammo, hisob 1:0 edi va raqib jamoa istalgan paytda hisobni tenglashtirib qo‘yishi mumkin edi", - deydi murabbiy.
Messi joriy mavsum La Ligada hozircha 22 ta gol hamda 20 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar