
Messi Suares bilan bir ko‘rsatkich bo‘yicha tenglashib oldi
Lionel Messi Janubiy Amerikada saralash turnirlarida gol urish bobida liderga aylanib oldi.
Argentina terma jamoasi forvardi saralashda urilgan gollari sonini 29 taga etkazib oldi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha urugvaylik hujumchi Luis Suares bilan tenglashib oldi. Ular ayni damda bu borada eng yaxshilar bo‘lib turibdi.
Bugun tongda 36 yoshli Leo Ekvadorga qarshi JCh-2026 saralashidan o‘rin olgan bahsda jarimadan gol urdi.
Fikrlar