Messi sindirgan superyulduzlar

  • 3 sentabr, 2021, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi, shubhasiz, dunyoning eng zo‘r futbolchilaridan biri. Kataloniya klubiga 13 yoshida kelgan argentinalik bolakay, iste’dod va salohiyatini namoyish etish orqali yillar o‘tishi bilan “Barselona”ning haqiqiy etakchisi darajasiga ko‘tarildi.

Tecno

Lionel Messining “Barsa”da erishgan yutuqlarining aksariyatini hech kim takrorlar olmasligi ham aniq.

“Barselona”da ko‘p narsa Leoga bog‘liq edi. Uning klubdagi ta’sir doirasi shunchalar kuchli ediki, “Kamp Nou”da to‘p tepish uchun kelgan yulduz darajasidagi charm to‘p ustalarining faoliyatiga ham salbiy oqibatlar keltirib chiqargani bor gap. Hatto bosh murabbiy lavozimiga taklif etilgan mutaxassislar ko‘p masalada jamoa sardori bilan hisoblashishiga to‘g‘ri kelardi.  

Sports.uz portali Messining “Barselona”dagi faoliyati yakunlanganini inobatga olib, kataloniyaliklar sardori sig‘dirmagan eng yorqin yulduzlar haqida ma’lumot beradi.

Zlatan Ibrohimovich

Ispaniya matbuoti Lionel Messi va Zlatan Ibrohimovich “Barselona”da birga faoliyat yuritgan paytda kelisha olmay qolgani haqida ko‘p bong uradi. Biroq, ular hamon do‘stona munosabatlarini davom ettirmoqda. Shunga qaramay, Zlatan Ibrohimovich o‘z faoliyatiga bag‘ishlangan kitobida uning “Kamp Nou”dagi karerasi aynan Lionel Messi va uning ustozi Xosep Gvardiola tufayli erta yakuniga etganini tan olgan.

Messi hujum markazida o‘ynashni istab, qanotga o‘tishdan bosh tortdi. Shuning uchun 4-3-3 sxemasi 4-5-1ga o‘zgartirildi. Meni qurbon qilishdi. Mening muvaffaqiyatli o‘ynashim uchun zarur bo‘lgan erkin harakatlanish imkonim bo‘g‘ib qo‘yildi, - deb yozadi Ibrhimovich.

Shvetsiyalik yulduz “Barselona”da bir mavsumga dosh berdi xolos. Keyin 2010-2011 yilgi mavsumda “Milan”ga ijarga jo‘natildi.

Kataloniyadagi qisqa faoliyati davomida 29 ta uchrashuvda 16 ta gol urgan Zlatan jami beshta sovringa ega chiqdi.

83ffc985111eb8417f0dd8081e995

Aleksis Sanches

Aleksis Sanches Chilidan Ispaniyaga kelgan vaqtida futbol jamoatchiligi tomonidan kelajakning yorqin yulduzi bo‘lishi kutilgandi.

Biroq, “Barselona”da uning ichtidoriga etarli darajada e’tibor qaratilmadi. Sanches Kataloniyaga kelgan paytda juda tezkor, chaqqon va doim darvoza tomon zarba berishga intiladigan futbolchi edi. Tez yuguradigan hujumkor o‘yinchiga birinchi navbatda erkin harakat qilish imkoni berilishi kerak. “Barselona”da bu imtiyoz faqatgina Leoda bor edi.

Murabbiylar Aleksisdan ortga qaytib, himoyaga ko‘maklashish, to‘pni olishi bilan oldinga tashlanmasdan uni darrov jamoadashlariga uzatishni talab qilishardi va bu chililik chaqqon yigitning harakatlarini sezilarli darajada cheklab, o‘yinda bor mahoratini ko‘rsatish imkonini yo‘qqa chiqarardi.

2013-2014 yilgi mavsumda Messini jarohat bezovta qildi. O‘sha paytda Aleksis Sanches ligada 19 ta gol va 12 ta golli pasni amalga oshirib, yuqori saviyadagi o‘yinchi ekanini ko‘rsata oldi. Kelasi mavsumda esa Messiga soya solgan futbolchi “Arsenal”ga sotib yuborildi.

895218-20021438-2560-1440

Filippe Koutino

Braziliyalik pleymeyker “Liverpul”ning haqiqiy etakchisi sifatida jamoa muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shdi. Uning “Barselona” taklifini qabul qilishi shunchaki xato bo‘lib chiqdi. Filippe Koutino tezda “Barsa”da ortiqcha futbolchiga aylandi. Chunki “Liverpulda” hujum tashkil qilish, raqib jarima maydonchasi atrofida va ichida erkin harakat qilish, hujumkorlikni ta’minlash bilan shug‘ullangan Koutinoning bu vazifalarini “Kamp Nou”da Leo Messi bajarardi.

“Barselona” murabbiylari hujumkor yarim himoyachidan bu ishlarni Messiga qo‘yib berib, o‘zi himoyaga ko‘maklashish haqida bosh qotirishini talab qilishdi.

Messi bilan o‘yin uslubi o‘xshash bo‘lgan Koutino chekinishga majbur bo‘ldi. Ayni paytda braziliyalik pleymeykerda o‘zini ko‘rsatish imkoni bor. “Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman Filippe Koutinodan Messining o‘rnini egallashini kutmoqda va unga argentinalik yulduzning 10-raqamini olishni ham taklif qildi.

8459e896f2156cab8bad96b21fcce84a5ce58eb3974ef477362483

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!