Messi Ronalduning rekordini yangilab qo‘ydi

  • 17 avgust, 16:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messining "Los-Anjeles Gelaksi"ga (3:1) qarshi o‘yindagi goli 38 yoshli futbolchi faoliyatidagi 875-gol bo‘ldi. Argentinalik futbolchi bunday natijaga tarixda eng tez erishdi, u buni 1116 ta o‘yinda amalga oshirdi. Shuningdek, Messi raqiblar darvozasini 875 marotaba ishg‘ol qilgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu haqda Goal xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lumot o‘rnida, portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu 875-golini 2024 yili "Al-Fatih" klubiga qarshi urgan edi. O‘shanda hujumchi 39 yoshda edi.

Messi "Inter Mayami" safida 2023 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 71 ta o‘yinda maydonga tushib, 59 ta gol va 29 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yil oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 18 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!