
Messi Ronalduni quvyapti
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi doimiy raqobatchisi Krishtianu Ronaldu bilan Chempionlar Ligasi tarixidagi eng zo‘r to‘purar nomi uchun kurashmoqda.
Chempionlar ligasining navbatdagi uchrashuvida “Dinamo Kiev” jamoasi darvozasini ishg‘ol qigan Lionel Messi “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turniridagi gollari sonini 121taga etkazib oldi.
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa “Ferentsvarosh”ga qarshi o‘yinda maydonga tushganiga qaramay, gol urolmadi.
Shunday bo‘lsa-da, Ronaldu Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari nomini o‘zida saqlab turibdi. Portugaliyalik yulduz faoliyati davomi bu musobaqada raqiblar darvozasini jami 133 marotaba aniq nishonga olgan.
Fikrlar