
Messi PSJ transferlariga aralasha boshladi. U “Barsa”dan kimni olishni aytdi!
Lionel Messi PSJ rahbariyatiga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lyapti. Argentinalik yulduz klub xo‘jayinlaridan “Barselona”dagi do‘sti Jordi Albani transfer qilishni so‘radi.
Ayni paytda kataloniyaliklar tajribali himoyachini maoshini kesish uchun u bilan shartnomani yangilamoqchi bo‘lyapti. Mavsum oldidan Alba maoshini pasaytirishga rozi bo‘lgandi. Biroq, bu gal o‘yinchi rahbariyat talabini bajarmoqchi emas.
Shu bois, Alba jamoani tark etishi mumkin. Bundan tashqari yangi bosh murabbiy Xavi jamoani yashartirish siyosatini davom ettiradi va yoshi katta o‘yinchilardan voz kechishga tayyor. U o‘zi bilan bir vaqtda “Barsa” sharafini himoya qilgan yulduzlarga ham chiqish eshigini ko‘rsatmoqchi.
Albaning “Barselona” amaldagi kelishuvi 2024 yilning yozida yakunlanadi. Uning transferi 15 million evroga baholanayotganini inobatga olsak, PSJga bu summani to‘lab, himoyachini Parijga olib kelish muammo tug‘dirmaydi.
Fikrlar