
Messi o‘ziga o‘xshagan futbolchi chiqqanini oshkor qildi
Jahon futbolida chuqur iz qoldirgan Lionel Messi yangi avlod vakillari orasida o‘zining yoshligini eslatib yuboradigan o‘yinchi borligini aytdi.
- Hozirgi yangi avlod futbolchilari orasida o‘zimning yoshligimni ko‘radigan o‘yinchilarbormi? Menga yoshlar yoqadi, ularning kelajagi hali oldinda.
Men Lamin Yamal haqida ko‘p eshitdim. U hozir qilayotgan ishlarini davom ettirishi zarur. Biroq bu faqatgina uning o‘ziga bog‘liq masala emas, unga ta’sir qilidigan ko‘plab omillar bor.
Ayni paytda Yamal o‘zini juda yaxshi ko‘rsatib kelyapti va uni yorqin kelajak kutayotganiga aminman, - dedi Lionel Messi.
Lamin Yamal ham xuddi Messi singari “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 17 yoshli futbolchining bugungi kundagi transfer narxi 150 million evroga etdi.
Fikrlar