Messi “Oltin to‘p” olgan Dembelega nima dedi?

  • 23 sentabr, 07:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi va “Inter Mayasi” hujumchisi Lionel Messi o‘zi bilan birga PSJda o‘ynagan Usmon Dembele “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan keyin unga murojaat qildi.

Tecno

- Buyuk Usmon! Tabriklayman va sen uchun juda xursandman. Bu sovringa munosibsan, - deb yozdi Lionel Messi Dembelening ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga qo‘ygan postiga izohda.

O‘tgan mavsum Frantsiya chempionligi va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan 28 yoshli hujumchi “Oltin to‘p” sovrini uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada kuchli uchlikdan joy olgan “Barselona” yulduzi Lamin Yamal va o‘zining jamoadoshi Vitinyani ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messining o‘zi “Oltin to‘p” jamg‘arish bo‘yicha mutlaq rekordchi hisoblanadi. 38 yoshli yulduz faoliyati davomida bu sovringa sakkiz marta ega chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!