Messi Neymar uchun “Barselona”ga yo‘l ochib berdi

  • 8 iyun, 2023, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozga belgilagan asosiy transfer nishonidan ayrildi. Lionel Messiga transfer kafolati berilmagach, argentinalik jahon chempioni AQSh chempionati vakili “Inter Mayami” taklifini qabul qildi.

Tecno

Endi kataloniyaliklar Neymarni qaytarishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Sport.es nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, kataloniyaliklarning asosiy maqsadi mega yulduzlardan birini olib kelish ekan.

Neymarning agentlari 31 yoshli futbolchining xizmatlarini “Barselona”ga taklif qilgan edi. Braziliyalik futbolchi o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda. PSJ rahbariyati ham Neymarni qo‘yib yuborishga qarshi emas.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Neymar Kataloniyaga qaytishi uchun maoshini sezilarli darajada pasaytirilishiga rozi bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, PSJ Neymar uchun talab qiladigan 70 million evro ham kataloniyaliklarga og‘irlik qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!