
Messi “Napoli”ga o‘tadimi?
“Monts” jamoasi yarim himoyachisi Kevin-Prints Boateng “Barselona” etakchisi Lionel Messini Italiyaga chorlayapti.
- Messi “Barselona”dagi so‘nggi mavsumida o‘ynayapti. Agar u “Napoli”ga qo‘ng‘iroq qilib, “Meni kutib olinglar. Maradonaning hurmati uchun bu klubda bir-ikki yil o‘ynayman, menga pul shart emas, buni yurakdan aytyapman”, desa ajoyib ish bo‘lardi.
Bu jahon tarixiga kirishga munosib yangilik bo‘lardi. O‘zim esa Messining o‘rnida bo‘lib qolishni orzu qilaman. Messiga o‘xshashni xohlayman. Agar shunday bo‘lganida, men “Napoli” prezidentiga qo‘ng‘iroq qilardim, - dedi Boateng.
Fikrlar